10:24 / 26.11.2021
9536

Peterburg - Namangan yo‘nalishidagi samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

Sankt-Peterburg – Namangan yo‘nalishidagi samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda «Novosti tashkenskogo neba» telegram kanali xabar bermoqda.

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli, Sankt-Peterburg – Namangan yo‘nalishida parvoz qilgan SU-602 samolyoti ekipaji bortda yo‘lovchilardan birining ko‘zi yorigani sababli yo‘nalish bo‘yicha zaxira aeroportga qo‘nishga qaror qildi.

Samolyot Nijniy Novgorod xalqaro aeroportiga qo‘ndi (qo‘nish mahalliy vaqt bilan soat 03:31da amalga oshirilgan). 

Qayd etilishicha, tug‘uruq ekipaj tomonidan qabul qilingan. Chaqaloq va onaning ahvoli yaxshi, samolyot Namanganga uchib ketgani aytiladi.

Top