19:02 / 29.11.2021
1734

Samarqandda 3 ming quti pirotexnika vositalari yuklab ketayotgan Malibu ushlandi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida 3 ming quti pirotexnika vositalari yuklab ketayotgan Malibu ushlangan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 29 noyabr kuni soat 16:30larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-46 Samarqand-Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining Past Darg‘om tumani hududidan o‘tuvchi 7-kilometrida YPX xodimlari Sh.Kazakov va O.Ergashev tomonidan Malibu mashinasi to‘xtatilgan.

Mashina tegishli tartibda tekshirilganda, uning yukxonasida 3000 quti pirotexnika vositalari olib ketilayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan pirotexnika vositalari tuman IIBga topshirilgan.

 

Top