13:46 / 29.11.2021
9650

Sergelidagi korxona yotoqxonasida sodir bo‘lgan portlash jabrlanuvchilarining ahvoli haqida ma'lumot berildi

Sergelidagi yong‘inda jarohat olgan 18 kishidan 10 nafari reanimatsiyada ekani ma'lum bo‘ldi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Toshkent shahrida joylashgan korxonalarning biriga tegishli yotoqxonada sodir bo‘lgan havo-gaz aralashmasining chaqnashi oqibatida yong‘in yuzaga kelgani va 18 kishi jarohat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, ushbu noxush hodisa tufayli jabrlanganlar salomatligi jiddiy nazoratga olingan.

Ta'kidlanishicha, yong‘in natijasida turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan 18 nafar fuqaro darhol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan. Ayni paytda barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, muolaja jarayonlari davom etmoqda.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘indan jabrlangan shaxslarning barchasi erkak kishi bo‘lib, ularning 10 nafari reanimatsiya bo‘limida davo muolajalarini olmoqda.

Birlamchi ma'lumotga ko‘ra, havo-gaz aralashmasining chaqnashiga gaz quvurlarining nosozligi sabab xonaga gaz to‘planishi sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top