11:11 / 30.11.2021
20552

Qoraqalpog‘istondagi to‘qayzor o‘rmon uch kundan beri yonmoqda - fotolar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida, daryoga yondosh hududdagi to‘qayzorda kelib chiqqan yong‘inni batamom o‘chirishning iloji bo‘lmayapti.

Yong‘in sababi hozircha noaniq. Shu bilan birga, to‘qayzor o‘rmoni yonishi oqibatida hech kimga zarar yetmagan. Hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar esa hozircha hisoblanmagan.

Mazkur hududda o‘t o‘chirish ishlari 3 kundan beri davom etmoqda.  Jarayonlarga 500 nafar odam, 10 dan ziyod texnika jalb qilingan. Ammo bir necha bor bartaraf qilinishiga qaramay, yong‘in qayta alangalanib ketmoqda.

Ayni paytda yong‘in Turkmaniston chegarasida joylashgan «Nazarxon» OFYdagi uylarga ham yaqinlashib qolgan. Hozirda yong‘inni bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

Bir muddat oldin Qoraqalpog‘istonda yil boshidan beri 498 yong‘in sodir bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz muxbiri ofat ro‘y bergan joydan fotojamlanma taqdim etadi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Shuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.

Top