08:49 / 30.11.2021
1335

Toshkent shahriga olib kirilayotgan noqonuniy tovarlar aniqlandi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» YPX maskanida Toshkent shahriga olib kirilayotgan noqonuniy tovarlar aniqlandi. Bu haqda IIV YHXBB ma'lum qildi.

2021 yil 28 noyabr kuni soat 03:00larda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan Toshkent shahri tomon harakatlanib ketayotgan «KIA Carnival» rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, mashina yukxonasida 305 dona «7Shots» nomli va 24 dona «Volk» nomli pirotexnika vositalari olib ketilayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, aniqlangan vositalar va haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan R.A. tuman IIBga topshirilgan.

Shuningdek, shu kuni soat 03:40larda Toshkent shahri tomon harakatlanib ketayotgan «Cobalt» rusumli ikki avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, har birining yukxonasida 10 donadan, tegishli hujjatlarsiz televizorlar olib ketilayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchilar va televizor moslamalari tuman IIBga topshirilgan.

Mavzuga oid
Top