15:13 / 01.12.2021
5887

IT’ga qiziquvchi qizlar uchun mentorlik dasturi e'lon qilindi: unda grant yutish imkoniyati bor

Dastur mutlaqo bepul va unda 15–22 yoshli qizlar ishtirok etishi mumkin. Har biri 50 million so‘mlik uchta grant ajratiladi. Loyihada ishtirok etish shartlari va ariza topshirish borasida batafsil maqolada o‘qing.

Foto: blog.cheapism.com

Shveytsariya elchixonasi hamda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi hamkorlikda  ICT4Girls loyihasining mentorlik dasturini e'lon qildi. Bu haqda markaz Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Loyiha ishtirokchisiga aylanuvchi 10 qiz mentor bilan ishlab, IT-yechim ishlab chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Loyiha ishtirokchilari dastur yakunida o‘zlarining IT-mahsulotlarini moliyalashtirish uchun grant yutib olishlari mumkin.

4 oylik dasturda IT yo‘nalishida o‘rta darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega 15-22 yoshdagi qizlar ishtirok eta oladi.

Kurs davomida har bitta qiz o‘zining mentori bilan onlayn/oflayn tarzda 12 marta uchrashadi.

Shuningdek, ushbu mentorlik dasturida 50 million so‘mdan uchta grant ajratilgan.

Dasturga qabul 2021 yil 12 dekabrgacha davom etadi.

Ariza to‘ldirish uchun quyidagi QR-code yoki ushbu havoladan foydalanish mumkin. 

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazining xabariga ko‘ra, IT’ga endi kirib kelayotgan qizlar uchun esa tez orada boshqa dasturlar uchun qabul boshlanadi.

Top