18:51 / 01.12.2021
9095

Myunxenda ikkinchi jahon urushi davridagi aviabomba portlashi oqibatida uch kishi jarohatlandi

Hodisa Deutsche Bahn temiryo‘l operatori qurilish maydonida sodir bo‘lgan.

Foto: AP

Germaniyaning Myunxen shahridagi qurilish maydonida portlash yuz berdi. Bu haqda Bild nashri xabar qildi.

Nashrning yozishicha, hodisa Deutsche Bahn temiryo‘l operatori qurilish maydonida sodir bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi davridagi aviabomba portlab ketgan, deyiladi xabarda.

Oqibatda uch kishi jarohatlangan, bir kishi og‘ir tan jarohati olgan.

Hozirda voqea joyida qutqaruv xizmati, o‘t o‘chiruvchilar va politsiya xodimlari ish olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top