21:39 / 03.12.2021
5727

Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi

Foto: AP

Prezident qarori bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etilgan.

2021 yil 3 dekabrda imzolangan qarorga ko‘ra, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Institut davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha institutda o‘qishni davom ettiradi.

Institut, jumladan:

  • xalqaro reytingda birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy OTMning dasturi asosida o‘z ta'lim dasturlarini shakllantiradi;
  • ish beruvchilar talablaridan kelib chiqib o‘quv rejalaridagi nazariy ta'lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmi oshiriladi;
  • institut faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni samarali amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan yetakchi OTMda tegishli magistratura mutaxassisliklari va 2023 yildan tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralari ko‘riladi.

Top