18:25 / 05.12.2021
19460

Shavkat Mirziyoyev Nur-Sultonga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 5 dekabr kuni davlat tashrifi bilan Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahriga keldi.

Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.  

O‘zbekiston rahbarini Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi. Ikki mamlakat yetakchilarining qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 6 dekabrga mo‘ljallangan.

Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv natijalari bo‘yicha 20dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Top