17:00 / 06.12.2021
13076

Agrobank rebrendingini e'lon qildi

Foto: Agrobank

Rebrending chuqur marketing tahlili va bankning uzoq yillik strategiyasi asosida amalga oshirilib, kerakli brend joylashuviga erishish va mijozlar ishonchini qozonish uchun xizmat qiladi.

 

Foto: Agrobank

Respublikamizning yirik tijorat banklaridan biri bo‘lgan “Agrobank” ATB 2021 yil 4 dekabr kuni o‘z rebrendingini e'lon qildi. Rebrending taqdimoti poytaxtimizning “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazildi.

So‘nggi 5 yillikda mamlakatimiz moliya-bank tizimida ulkan o‘zgarishlar Agrobank faoliyatida ham yangi davrni boshlab berdi. Bu davrda kapitallashuv bazasi keskin oshirildi, mahalliy va xorijiy resurslarni jalb qilish borasidagi imkoniyatlar kengaydi.

Foto: Agrobank

Respublika bank tizimini isloh qilish Strategiyasiga asosan “Agrobank” ATB faoliyatida kichik va o‘rta biznesni, qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, hududlarda jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish va kichik tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish belgilangan.

Foto: Agrobank

Ushbu yo‘nalishda transformatsiya jarayonlarini tizimli amalga oshirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki hamda KPMG kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, bankni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqildi.

Yangi strategiyadan kelib chiqib yetakchi marketologlar bilan hamkorlikda yangi brend ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Agrobank oddiy insonlar uchun oddiy bank sifatida o‘z marketing kommunikatsiyasini amalga oshiradi.

Foto: Agrobank

Rebrending doirasidagi mahsulotlar Rossiya Federatsiyasining “Artemiy Lebedev studiyasi” va mahalliy dizaynerlarning o‘zaro hamkorligi asosida ishlab chiqilgan.

Jumladan, yangi logotip, naqsh (pattern) elementlari, filiallarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish zali yangi ko‘rinishi, bank sayti, mobil ilova, qo‘shimcha elementlar, o‘ziga xos shrift yaratildi.

Foto: Agrobank

Taqdim qilinayotgan yangi belgi va ko‘rinishlar Agrobankning korporativ yashil rangida ishlangan va o‘zining soddaligi bilan ajralib turadi. Tashqi transformatsiya xarajatlarini minimallashtirish uchun filiallarni yangilash uch bosqichda amalga oshiriladi va rejali kosmetik ta'mirlanadi.

Shuningdek, taqdimot doirasida bankning ikki yo‘nalishida, ya'ni davlat dasturlari ijrosi va biznes yo‘nalishida yaratilayotgan ekotizim elementlari namoyish qilindi.

Ularning har biri raqamlashtirish, marketpleys yaratish va mijozlarga onlayn xizmat ko‘rsatish vositalarini ko‘paytirishga qaratilgan. Bank xizmatlari negizida esa mijozlar va ularning ehtiyojlari turadi.

Foto: Agrobank

Xususan, bank ekotizimi tarkibida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

Chakana.uz onlayn savdo maydoni. Bu yerda smartfonlar, kompyuterlar, ofis va maishiy texnikaning keng assortimenti taklif etiladi;

“Fermerlar maktabi” – chorvachilik va parrandachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, moliya va huquqiy savodxonlik yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni beruvchi o‘quv loyihasi;

“Agrobooks” – qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida o‘quv qo‘llanmalar jamlanmasi;

“Smart-ofis” – mijozlarga avtomatlashtirilgan o‘z–o‘ziga xizmat ko‘rsatish markazi;

“AgroZamin” – qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xizmatlarini sotib olish va sotish platformasi;

“Leader Finance” brokerlik kompaniyasi bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlar bozorida barcha turdagi xizmatlarni taqdim etadi;

“AgroLab” – o‘simliklarni himoya qilish biolaboratoriyasi.

Foto: Agrobank

Ma'lumot uchun:

Agrobank respublikamizning yirik tijorat banklaridan biri bo‘lib, 170 ta filial, 146 ta bank xizmatlari markazlari, 498 ta 24/7 ko‘rinishidagi avtomatlashgan shoxobchalar tarmog‘iga ega.

Reklama huquqi asosida

Top