17:58 / 06.12.2021
1648

Jizzaxda turli uskunalar va mis kabellarini o‘g‘irlayotgan shaxslar ushlandi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida vagondan turli uskunalar va mis kabellarni o‘g‘irlayogan shaxslar ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIB axborot xizmati

Ma'lum qilinishicha, Jizzax viloyati Transportda xavfsizlikni ta'minash boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan “Xavfsiz tun” tadbiri davomida fuqarolar X.Sh., Q.M., E.N. hamda X.K. o‘g‘rilik jinoyati ustida ushlangan.

Ular Zarbdor temir yo‘l bekatidagi muzlatish uchun mo‘ljallangan vagondan 2 dona dvigatel ehtiyot qismlari, 2 dona konditsator va har xil turdagi mis kabellarni o‘g‘irlab, K.X. boshqaruvidagi “Lada” rusumli mashinaga yuklayotgan vaqtda voqea joyida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Transportda xavfsizlikni ta'minash boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Top