15:27 / 06.12.2021
3818

Shavkat Mirziyoyev: O‘zaro munosabatlarimiz ravnaqida elboshi Nursulton Nazarboyevning roli katta

Ayni paytda Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra o‘z hamkasbi Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi hamda ikki tomonlama munosabatlarni yuqori baholadi.

“Bugungi uchrashuvimiz muhim sana – Qozog‘iston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida bo‘lib turibdi. Men imkoniyatdan foydalanib qardosh Qozog‘iston xalqini O‘zbekiston ahli va shaxsan o‘z nomimdan bu bayram bilan tabriklayman.

Ikki tomonlama strategik hamkorligimiz, o‘zaro munosabatlarimiz ravnaqida Qozog‘istonning birinchi prezidenti – elboshi Nursulton Nazarboyevning roli katta ekanligi shubhasiz. Bu siyosat hurmatli prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan izchil davom ettirilmoqda.

Xalqlarimizaro birodarlik, davlatlararo hamkorligimiz, ittifoqchilik munosabatlarimiz bugun yangi darajaga chiqdi deb bemalol aytish mumkin. Biz ikki mamlakat yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘iston Davlatlararo Oliy Kengashi, Parlamentlararo hamkorlik kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashini ta'sis etishga kelishib oldik”, – deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan ham uchrashuvi, shuningdek Nursulton Nazarboyev muzeyiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top