20:19 / 06.12.2021
2872

Xitoy Afg‘onistonga COVID-19ga qarshi bir million doza vaksina taqdim etdi

Xitoy Afg‘onistonga ming tonna birinchi zarurat buyumlarini ham jo‘natgan. 

Foto: AP

Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun Afg‘onistonga bir million doza COVID-19ga qarshi vaksina hamda 1,6 million dona shprits taqdim etdi. Bu haqda Xitoydagi elchi Jovid Ahmad Qaym ma'lum qildi.

«Xitoy Afg‘onistonga COVID-19ga qarshi bir million doza vaksinani beg‘araz berdi. Bugun Pekin aeroportida vaksinalar partiyasini qabul qildim va Kobulga jo‘natdim. Shuningdek, 1,6 million dona shprits ham jo‘natildi», — deb yozdi Qaym Twitter sahifasida.

Sinxua agentligining yozishicha,  Xitoy Afg‘onistonga ming tonna birinchi zarurat buyumlarini ham jo‘natgan. 

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQShni Afg‘onistondan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirgandi.

Top