08:38 / 09.12.2021
1285

Olmazor tumanida Orlando yonib ketdi

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Toshkent shahrining Olmazor tumani Nurafshon va Qorasaroy ko‘chalari kesishgan chorrahada Orlando rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Mazkur holat bo‘yicha IIV YHXBB ma'lumot berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yil 8 dekabr kuni soat 18:50larda Toshkent shahar Olmazor tumani Nurafshon va Qorasaroy ko‘chalari kesishgan chorrahada 1976 yilda tug‘ilgan haydovchi K.X. boshqaruvidagi Orlando rusumli avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi zudlik bilan to‘xtab, avtomobildan tushgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Shu o‘rinda, barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e'tiborli bo‘lishlari so‘raladi.

Mavzuga oid
Top