15:13 / 11.12.2021
11172

Turkiya lazer quroliga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi dronni sinovdan o‘tkazdi

Eren droni lazer yordamida portlovchi qurilmalarni masofadan turib yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya lazer quroliga ega bo‘lgan dunyodagi ilk dronni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Onado‘lu agentligi.

Eren deb nom olgan dron 500, 300 va 100 metr masofadan nishonlarni muvaffaqiyatli tarzda yo‘q qilgan.

Foto: Anadolu Agency

“TÜBİTAK va ASİSGUARD mudofaa kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan Eren droni lazer yordamida portlovchi qurilmalarni masofadan turib yo‘q qila oladi”, – deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, dronning maksimal parvoz balandligi 3 ming metrni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top