20:53 / 13.12.2021
10173

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida strategik sheriklik muloqotlari boshlandi

Toshkentda ilk marta yangi darajadagi sammit – O‘zbekiston–AQSh Strategik sheriklik muloqotining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Beshta seksiyaga bo‘lingan muloqotlar doirasida hamkorlikning ko‘plab jihatlari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama soliqqa tortishdan qochish to‘g‘risida bitim tuzilishi mumkin.

Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

13 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muloqotning boshlanishini – tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanidan dalolat, deya qayd etdi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov tadbir avvalida.

Muloqotda Amerika tomoniga davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu rahbarlik qildi.

Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi
Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

Kun davomida muloqotlar beshta seksiyaga bo‘lingan holda tashkil etildi, ularda siyosiy, iqtisodiy, madaniy, xavfsizlik va inson huquqlari TIV rasmiy reliziga ko‘ra, uchrashuvda AQShning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi doimiy va qat'iy pozitsiyasi yana bir bor tasdiqlandi. AQSh hukumati O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, inson huquqlarini himoyalash, demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi ishlarni faol qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ma'lum qilindi.

Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi
Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

Tomonlar "C5+1" mexanizmi doirasidagi o‘zaro hamkorlikni jadallashtirish va ushbu formatni salmoqli natijalarga erishish darajasiga olib chiqish lozimligini qayd etdi.

Delegatsiyalar terrorizm va ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashish, Afg‘onistonda tinchlik jarayonini ilgari surish, mamlakatni mojarodan keyingi tiklash va afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Donald Lu va Abdulaziz Komilov
Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi​​​​​​
Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston-AQSh strategik sherikligini aniq yo‘nalishlar bo‘yicha institutsionallashtirish, shuningdek, Investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish hamda Ikki tomonlama soliqqa tortishdan qochish to‘g‘risida Bitimlar tuzish bo‘yicha muzokaralar jarayonini boshlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev “O‘zbekiston 24”ga bergan intervyusida aytishicha, pandemiya davrida AQSh O‘zbekistonga 5 mln dozadan ko‘proq Pfizer va Moderna vaksinalarini beg‘araz yordam sifatida yuborgan.

AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum
Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya 2002 yilda imzolangan.

2018 yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga davlat tashrifi bilan borishi ortidan munosabatlarda sezilarli jonlanish kuzatildi, turli yo‘nalishlardagi delegatsiyalar tez-tez Toshkent va Vashingtonda uchrashuvlar o‘tkaza boshladi.

2020 yil noyabr oyida ikki mamlakat siyosiy maslahatlashuvlarining 8-raundi yakunida tomonlar yillik maslahatlashuvlarni Strategik hamkorlik muloqoti darajasiga ko‘tarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilgandi.

Top