16:29 / 14.12.2021
3794

NATO bosh kotibi Norvegiya markaziy banki rahbarligi uchun tanlovda qatnashishga ariza berdi

Yyens Stoltenberg 2000-2001 va 2005-2013 yillarda Norvegiya bosh vaziri bo‘lgan. 2014 yil 1 oktyabrdan NATOga rahbarlik qilib kelmoqda.

Foto: AP

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Norvegiya markaziy banki rahbarligiga o‘tkaziladigan tanlovda qatnashish uchun ariza berdi. Bu haqda Norvegiya hukumati saytida xabar qilindi.

«Markaziy bank rahbari lavozimiga 22 kishi ariza topshirdi. Ariza topshirish muddati 9 dekabr kuni yakunlandi», — deyiladi xabarda.

Ushbu lavozimga tayinlanish uchun ariza berganlar orasida Stoltenberg ham bor.

Yyens Stoltenberg 2000-2001 va 2005-2013 yillarda Norvegiya bosh vaziri bo‘lgan. 2014 yil 1 oktyabrdan NATOga rahbarlik qilib kelmoqda. Uning vakolati 2022 yil 30 sentyabrda tugaydi.

Mavzuga oid
Top