14:28 / 14.12.2021
3336

Turkiya va Armaniston charter aviaqatnovlarini tiklaydi

Chovusho‘g‘luning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro munosabatlarni yaxshilash jarayoni uchun vakillar tayinlashni ko‘zda tutmoqda.

Foto: REUTERS/Umit Bektas

Turkiya va Armaniston charter reyslarini tiklaydi, deb ma’lum qildi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu. Bu haqda TRT Haber telekanali xabar bermoqda.

«Biz Armaniston poytaxti Yerevanga charter reyslarini boshlaymiz», dedi Chovusho‘g‘lu.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar o‘zaro munosabatlarni yaxshilash jarayoni uchun vakillar tayinlashni ko‘zda tutmoqda.

Chovusho‘g‘lu Turkiya Armaniston yo‘nalishidagi barcha qadamlarini Ozarboyjon bilan muhokama qilishini ta’kidladi.

Armaniston va Turkiya o‘rtasidagi chegara 1993 yildan buyon yopiq, deb yozadi RBK. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga urinish 2008 yilda, Armanistonga Serj Sargsyan prezident bo‘lganida boshlangan.

Mavzuga oid
Top