07:26 / 15.12.2021
16780

Tashkent City yaqinida yonib ketgan Orlando bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

2021 yil 14 dekabr kuni soat 19:25 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko‘chasida avtomashina yonib ketdi.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

IIV YHXBB xabarga ko‘ra, haydovchi, 1981 yilda tug‘ilgan Sh.A. Orlando rusumli avtomobilda harakatlanayotib Hilton mehmonxonasi ro‘parasiga yetgan vaqtda, transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan.

Haydovchi zudlik bilan to‘xtagan. O‘zi va salonda bo‘lgan yo‘lovchilar ham tezkorlik bilan avtomobildan tushgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Ushbu hodisa yuzasidan Shayxontohur tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Top