15:02 / 20.12.2021
4139

Omikron bilan bog‘liq xabarlar ortidan neft narxi pasaydi

Bozor tahlilchilari omikron shtammi sababli yangi cheklov choralari joriy etilishi odamlarning harakatlanish erkinligini cheklaydi va mos ravishda aviatsiya hamda avtomobil yonilg‘isiga bo‘lgan talab pasayishiga olib keladi degan fikrda.

Foto: EPA

Omikron shtammi tarqalishi sharoitida talab pasayishi xavfi tufayli jahon bozorida neft narxi arzonlashdi

London birjasida Brent rusumidagi neftning fevral uchun fyuchers narxi 2,61 dollarga (3,55  foiz) pasayib, bir barreli uchun 70,91 dollar taklif etildi. 

Nyu-York birjasida WTI rusumidagi neftning yanvar uchun narxi 2,97 dollarga – 67,89 dollargacha arzonlashdi.

Koronavirusning omikron shtammi ko‘plab mamlakatlarda shitob bilan tarqalishi navbatdagi cheklov choralari joriy etilishiga olib keladi, deb yozadi Interfaks. Bozor tahlilchilari bu odamlarning harakatlanish erkinligini cheklaydi va mos ravishda aviatsiya hamda avtomobil yonilg‘isiga bo‘lgan talab pasayishiga olib keladi degan fikrda.

Bugunga qadar “omikron” shtammi 89 davlat hududida qayd etildi.

Top