15:00 / 20.12.2021
14630

Rossiya delegatsiyasi rahbari Moskva NATOga harbiy javob qaytarishi mumkinligini aytdi

Konstantin Gavrilovning ta’kidlashicha, AQSh xohlaydimi-yo‘qmi, Rossiya bilan xavfsizlik kafolatlari borasida muloqotga kirishishga majbur.

Foto: RIA Novosti

NATO Rossiyaning og‘riqli nuqtalarini tinmay bosmaslik kerakligini tushunadi, aks holda Moskva harbiy javob qaytarishiga to‘g‘ri keladi, dedi harbiy xavfsizlik va qurollanish ustidan nazorat bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarda qatnashayotgan Rossiya delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov.

"Muntazam ravishda Rossiyaning og‘riqli nuqtalarini bosmaslik kerak. Suhbat jiddiy bo‘lishi shart va kuch-qudratiga qaramasdan aniq siyosiy harakat qilish zarurligini NATOdagi hamma juda yaxshi tushunadi, aks holda Rossiya harbiy-texnik va harbiy javob qaytarishiga to‘g‘ri keladi", — dedi u.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Moskva va Bryussel o‘rtasidagi munosabatlarda haqiqat onlari yetib keldi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh xohlaydimi-yo‘qmi, Rossiya bilan xavfsizlik kafolatlari borasida muloqotga kirishishga majbur.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnoma va RF hamda NATOga a’zo davlatlar xavfsizligini ta’minlash choralari to‘g‘risidagi kelishuv loyihalarini e’lon qilgandi.

Hujjatlarda Rossiya TIV AQSh NATOning sharqiy yo‘nalishda kengaymasligi bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga olishi, ilgari sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan davlatlarni alyansga qabul qilish usulidan voz kechishi kerakligini talab qilgan.

Rossiya shuningdek, o‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni, yadro qurolini o‘z hududidan tashqarida joylashtirmaslikni taklif qilgan.

Mavzuga oid
Top