13:03 / 20.12.2021
1377

Samarqandda ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini olib ketayotgan va sotayotgan shaxslar aniqlandi

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand viloyatida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini olib ketayotgan va sotayotgan shaxslar aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 20 dekabr kuni Bulung‘ur tumanida YPX 1-otryadi, viloyat IIB JQB hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida Epica to‘xtatilib tekshirilganda, Samarqand shahrida yashovchi A.S. boshqarib ketayotgan mashinaning yukxonasida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini olib ketayotgani aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Bundan tashqari, Past Darg‘om tumani IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan noqonuniy tarzda pirotexnika vositalarini sotayotgan ayol ushlangan.

Past Darg‘om tumani dehqon bozorida tumanning Jag‘alboyli mahallasida yashovchi D.M. noqonuniy ravishda 226 qutida “Treniya”, 2 ta qutida “Petarda”, 11 dona “Fitil”, 4 dona “7 shot”, “25 shot” nomli salyutlar, shuningdek, “Solovey razboynik” nomli pirotexnika vositalarini sotayotgani aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

Qayd etilishicha, hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top