07:30 / 24.12.2021
4602

Bozorlarda kartoshka narxi biroz arzonlashdi, guruch va o‘simlik yog‘i qimmatlashdi

O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida kartoshka narxi tushdi, guruch va o‘simlik yog‘i narxi oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan. Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

22 dekabr holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45 000 – 68 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) — 52 000 – 80 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) — 3 000 – 6 000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) — 1 200 – 4 000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) — 1 000 – 4 500 so‘m;
  • tuxum (10 dona) — 7 000 – 15 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) — 5 000 – 17 500 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) — 14 000 – 24 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) — 7 500 – 10 500 so‘m.
Top