15:21 / 24.12.2021
1189

Samarqand viloyatida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalari olib ketayotgan shaxslar ushlandi

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalari olib ketayotgan shaxslar ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand viloyati IIB YHXB 4-otryadi xodimlari tomonidan Ishtixon tumanida o‘tkazilgan reydda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayolning qo‘lidagi qop ko‘zdan kechirilganda unda 50 ta qutida 3000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shuningdek, joriy yil 23 dekabr kuni soat 22:20 “Yuqori nuqta” YPX maskanida xizmat olib borayotgan viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan olingan ma’lumotga asosan, YHXB 1-otryadi xodimlari tomonidan “Lacetti” mashinasi to‘xtatilgan. Mashinani tekshirish davomida unda ko‘p miqdorda pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Top