17:40 / 24.12.2021
7647

Urganch shahar hokimligi noqonuniy qurilma egasini sudga berdi

Foto: KUN.UZ

Urganch shahar hokimligi «Urganchda noqonuniy qurilish aniqlangan, hokimlik qariyb 6 oydan beri chora ko‘rmayapti» maqolasiga munosabat bildirdi.

«Urganch tumani, Chakkasholikor qishlog‘i, Shermatlar mahallasida yashovchi fuqaro R.Z. tomonidan Urganch shahar, 21-son «Navro‘z» mahallasida o‘zboshimchalik bilan 540,0 kv.m yer maydonida poydevor va ustidan 96 metr uzunlikda pishgan g‘isht va xom g‘ishtdan devor qurilgan.

Urganch shahar hokimligi tomonidan Shaharsozlik Kodeksining 20-moddasi, Yer Kodeksining 91-moddasi va Fuqarolik Kodeksining 212-moddasiga asosan fuqaro R.Z. tomonidan qurilgan noqonuniy qurilmani majburiy tartibda buzish va yer maydonini asl holatiga keltirish xaqida hal qiluv qarori chiqarishni so‘rab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga 2021 yil 17 noyabrda da’vo arizasi kiritilgan. Ammo, sud tomonidan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganligi bildirilgan.

Bugungi kunda bu bo‘yicha hujjatlar to‘liq sudga taqdim etilganini ma’lum qilamiz», deyiladi munosabatda.

Top