13:00 / 27.12.2021
16733

Endi Samarqand shahrida ham “Imkon” savdo markazining filiali bor

Samarqand shahrida “Imkon” savdo markazining filiali foydalanishga topshirildi.

Foto: Imkon savdo markazi

“Imkon” savdo majmuasi dastlab 2012 yilning may oyida tashkil topgan bo‘lib, “Oilaviy taraqqiyot sari” shiori ostida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Markazning bosh maqsadi aholiga qulay narxlarda va ortiqcha ovoragarchiliksiz sifatli xizmat ko‘rsatishdir.

“Imkon” savdo markazi mijozlarga birgina fuqarolik pasporti orqali 5000 xildan ortiq maishiy texnika, mebellar, avto ehtiyot qismlari, sport anjomlari, bolalar dunyosi, elektronika, santexnika, oshxona jihozlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va parfyumeriya mahsulotlarini muddatli to‘lov orqali xarid qilish imkoniyatini bermoqda.

 

Foto: Imkon savdo markazi
Foto: Imkon savdo markazi
Foto: Imkon savdo markazi

Aytish mumkinki, yillar davomida “Imkon” savdo markazi faoliyatini izchil kengaytirib kelmoqda. Ayni vaqtda markazning filiallari bir qator viloyatlarda faoliyatini davom ettiryapti. Xususan, Farg‘ona viloyatining Rishton, Buvayda, Yozyovon, O‘zbekiston tumanlarida, Andijon viloyatining Andijon shahri, Shahrixon, Jalaquduq, Paxtaobod, Marhamat tumanlarida, Namangan viloyatining Namangan shahri, Norin, To‘raqo‘rg‘on tumanlari, Toshkent viloyatining Angren shahrida markazning filiallari mavjud.

Foto: Imkon savdo markazi

“Imkon” savdo markazi boshqaruv raisi o‘rinbosari Davronbek Murodov Samarqand shahridagi filial ochilishida ishtirok etib, ushbu majmua tarmoqqa tegishli 16-filial ekanini aytib o‘tdi. Majmuaning foydalanishga topshirilish asnosida yetmishdan ortiq yoshlar ish bilan ta’minlandi. Xuddi shunday filiallar viloyatning Urgut va Past Darg‘om tumanlarida ham ishlab turibdi.

“Imkon” savdo markazi salkam o‘n yillik faoliyati davomida jami 1000 ga yaqin fuqarolarni ish bilan ta’minladi.

 

Foto: Imkon savdo markazi
Foto: Imkon savdo markazi
Foto: Imkon savdo markazi
Foto: Imkon savdo markazi

Eslatib o‘tamiz, ushbu savdo markazidan xarid qilingan mahsulotlarni yetkazib berish, o‘rnatish va o‘rgatish mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Shuningdek, nosoz chiqqan mahsulotlar uchun servis xizmati ham tashkil qilingan.

“Imkon” savdo markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Telegram: t.me/imkonsavdomarkazi

Instagram: instagram.com/imkonsavdomarkazi

Facebook: fb.com/imkonsavdo.uz   

Youtube: www.youtube.com/channel/UCoeesxQw9eEbYISmVU7SRIg

Mavzuga oid
Top