17:48 / 28.12.2021
2101

Xovos tumani hokimining to‘rt nafar o‘rinbosariga hayfsan intizomiy jazosi berildi

Foto: iStock

Xovos tumani hokimining tegishli farmoyishi bilan to‘rt nafar o‘rinbosariga hayfsan intizomiy jazosi berilgan.

Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sanjar Po‘latov, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Nodirbek Abdullayev, tuman hokimining qishloq va suv ho‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Berdiyorov va tuman hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Tohir Shodiyevga hayfsan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Qarorda keltirilishicha o‘rinbosarlarga hayfsan jazosi Prezident, hukumat va viloyat hokimligi hujjatlari hamda topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun berilgan.

Mavzuga oid
Top