07:56 / 03.01.2022
4988

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi tarkibi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibi ochiqlandi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot bilan chiqdi.

Foto: Getty Images

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 15,5 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, import 22,4 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.
 
Eksport tarkibi quyidagicha:

  • sanoat mahsulotlari – 4 mlrd;
  • xizmatlar – 2,3 mlrd;
  • oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 1,2 mlrd;
  • kimyoviy mahsulotlar – 1 mlrd;
  • mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari – 821 mln;
  • turli tayyor mahsulotlar – 708 mln;
  • mashina va asbob-uskunalar – 617 mln;
  • nooziq-ovqat mahsulotlari – 475 mln. 

Import tarkibi:

  • mashina va transport asbob-uskunalari – 7,4 mlrd;
  • sanoat mahsulotlari – 4,2 mlrd;
  • kimyoviy mahsulotlar – 3,3 mlrd;
  • oziq-ovqat mahsulotlari – 2,2 mlrd;
  • xizmatlar – 1,5 mlrd;
  • turli tayyor mahsulotlar – 1,2 mlrd;
  • mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari –1,1 mlrd;
  • nooziq-ovqat mahsulotlari – 1,1 mlrd.
Top