09:27 / 07.01.2022
3683

Chimyonda yana qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chish xavfi haqida e’lon qildi. 

Illyustrativ foto

FVV ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 7 yanvar soat 08:00 dan 8 yanvar soat 08:00 gacha Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

«Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz», deyiladi FVV xabarida.

Bugun, 7 yanvar kuni respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Top