11:01 / 07.01.2022
54292

«O‘zgidromet» yanvar oyiga ob-havo prognozini e’lon qildi

Bu yilning yanvar oyi nisbatan iliq, ammo yomg‘irli ob-havo bilan boshlandi. Respublika hududi bo‘yicha deyarli har kuni yomg‘ir, tog‘larda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatilgan.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 7 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtadi. Faqat Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ertalab, Farg‘ona vodiysida kun davomida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida biroz qor yog‘adi.

8-14 yanvarda respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

9-12 yanvarda havo harorati kechalari 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq, ba’zi joylarda 10-12 daraja iliqqacha, 13-14 yanvarda kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Yanvar oyining ikkinchi yarmida harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja sovuqdan 10-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Ikkinchi o‘n kunlikning boshida va uchinchi o‘n kunlikning ayrim kunlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Top