10:35 / 11.01.2022
20576

Alixon Smoilov Qozog‘iston bosh vaziri etib tayinlandi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat yangi bosh vazirini tayinlash haqidagi farmonni imzoladi.

Foto: IA centr

Avvalroq parlament majlisida Qosim-Jo‘mart To‘qayev Alixon Smoilov nomzodini bosh vazir lavozimiga taklif qilgan edi. 

Smoilovning bosh vazirlikka nomzodini 89 deputat qo‘llab-quvvatladi. 

Alixon Smoilov 49 yoshda. Olmaota shahrida tug‘ilgan.

U faoliyati davomida Qozog‘iston Statistika agentligi raisi, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri o‘rinbosari, Qozog‘iston prezidentining yordamchisi, moliya vaziri bo‘lib ishlagan.

2019 yil 25 fevralda Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan u bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri etib tayinlangan edi. 2021 yil 18 yanvarda Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan unga ushbu vazifa qayta yuklandi. 

Mavzuga oid
Top