10:30 / 11.01.2022
7669

S7 aviakompaniyasi samolyoti Urganch aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Rossiyaning «Sibir» aviakompaniyasining Moskva – Qarshi yo‘nalishida SB-I3313 reysini amalga oshirayotgan samolyoti soat 01:42 da Urganch xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

Foto: Kun.uz

Samolyot qo‘nishiga sabab yo‘lovchilardan biri – Tojikiston fuqarosiga shoshilinch tibbiy yordam zarur bo‘lgani. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak kishida appenditsitga shubha qilingan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qildi.

Aeroportga qo‘ngan samolyot yo‘lovchisi tez yordam mashinasida olib ketilgan va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Urganch shahridagi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 

S7 aviakompaniyasi samolyoti mahalliy vaqt bilan 02:31 da Qarshiga uchib ketgan. 

Mavzuga oid
Top