20:21 / 12.01.2022
5632

Yangiyo‘l tumanida xorijiy OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Foto: Prokuratura departamenti

Fuqarolar til biriktirib Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universitetiga o‘qishga kiritib, keyinchalik Toshkentga ko‘chirishni va’da qilishgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yangiyo‘l tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.X. A.I. bilan o‘zaro til biriktirib, Sh.R.ning ishonchiga kirib, uni dastlab Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yib, birinchi kursni tamomlagach, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2-kursni Toshkent davlat farmatsevtika institutiga ko‘chirib berishni 10 000 AQSh dollariga kelishib, oldindan 4 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top