10:30 / 13.01.2022
4842

Beeline Business korporativ abonentlar uchun sovg‘alar bilan “Qish aksiyasi”ni joriy qildi

Postpaid to‘lov tizimining Business Pro tarif liniyasiga 5tadan ortiq raqam ulanganda Beeline mijozlari abonent to‘loviga 50 foiz chegirmaga ega bo‘ladilar. “Qishki aksiya” 2022 yilning 10 martigacha davom etadi.

Foto: Beeline

Chegirma ulangan paytdan boshlab ikki oy davomida amal qiladi, keyin abonent to‘lovi odatdagi tariflar bo‘yicha yechiladi. Bundan tashqari, har bir yangi abonent oyiga 5 GB hajmli ikkita bonusli Internet-paket olishi mumkin. Buning uchun “Ustoz Start/Profi”, “Shifokor Start/Profi”, “Harbiy Start/Profi” yoki “Business Pro” tarif rejalariga bir vaqtning o‘zida ulanish kifoya.

“Ishonchli muloqot va mijozga bo‘lgan individual yondashish bizning xizmatlarimizning biznes bozori uchun yagona afzalliklari emas. Korporativ takliflar ham sezilarli tejash imkonini beradi. Bu, shuningdek, moslashuvchan tariflar bilan bir qatorda chegirmalar va qo‘shimcha trafik ko‘rinishidagi kafolatlangan sovg‘alarga ega bo‘lgan yangi abonentlar tomonidan ham qadrlanadi. Butun ikki oy davomida aloqa xizmatlaridan yanada qulayroq shartlarda foydalanish mumkin bo‘ladi”, — deya voqeani sharhladi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Yangi aksiyaning barcha tafsilotlari kompaniya saytida joylashtirilgan. 

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdamda (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 9 mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliqlar to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline-uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top