07:49 / 13.01.2022
5425

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan o‘zaro kelishuvlar ijrosini muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh hamkorligining dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va kelgusidagi tadbirlar jadvali muhokama qilindi.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

O‘tgan yil 13 dekabr kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashgan edi.

Uchrashuvda AQSh tomoni yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan demokratik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi.

Top