12:23 / 13.01.2022
1698

Urgutda 65 ming dollarga yer sotayotgan fermer qo‘lga olindi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Samarqand viloyati Urgut tumanida 65 ming dollarga yer sotayotgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, Urgut tumanida faoliyat olib borayotgan fermer, 1976 yilda tug‘ilgan J.Q. o‘ziga tegishli fermer xo‘jaligining 50 sotix lalmi yer maydonini yaqin aloqachisi B.A. orqali mahalliy fuqaroga 65 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikda 11 yanvar kuni Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer yuqoridagi kelishilgan mablag‘dan 30 000 dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top