12:53 / 13.01.2022
3730

Uzbekistan Airways 15 yanvardan Olmaotaga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 15 yanvardan boshlab Olmaota shahriga muntazam qatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda va Qozog‘iston tomonining tasdiqlashini kutmoqda, deb yozadi «Interfaks».

Foto: Kun.uz

Olmaota aeroporti 13 yanvardan o‘z faoliyatini tiklaydi, deya xabar berdi Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi. Bundan oldin, uning ishini qayta tiklash bo‘yicha ikki marta boshqa sana aytilgandi - 14 va 19 yanvar. 

Ma’lumot uchun, Uzbekistan Airways Qozog‘istondagi ommaviy norozilik namoyishlari tufayli Olmaota va Aqto‘bega parvozlarni bekor qilgan edi. 

Qozog‘iston matbuotiga ko‘ra, Aqtau, Aqto‘be va Olmaota aeroportlari o‘z ishini to‘xtatgan. Olmaotada bir guruh shaxslar aeroport terminaliga hujum qildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxslar Rossiya harbiylari aeroportga qo‘nmasligi uchun shunday qilishganini qayd etgan. 

Mavzuga oid
Top