22:57 / 13.01.2022
8646

YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirdi

Iqtisodiy sanksiyalar ilk marta 2014 yil 31 iyulda kiritilgandi.

Foto: TASS

YeI kengashi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar yana yarim yilga uzaytirilganini ma’lum qildi.

"YeI kengashi Rossiya iqtisodiyotining qator sohalariga qarshi qaratilgan cheklov choralari muddatini yana olti oyga 2022 yilning 31 iyuligacha uzaytirishga qaror qildi", - deyiladi kengash bayonotida.

YeIning Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalari Ukrainadagi nizoni bartaraf etish bo‘yicha Minsk kelishuvlari bajarilishi baholanishi asosida Yevroittifoq sammitlari siyosiy qaroridan so‘ng yarim yilga uzaytiriladi. 

Iqtisodiy sanksiyalar birinchi marta "Rossiyaning Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi harakatlari"ga javoban 2014 yil 31 iyulda kiritilgandi.  

Mavzuga oid
Top