20:15 / 16.01.2022
6912

Uzbekistan Airways Janubiy Koreyaga kirishda o‘rnatilgan yangi qoidalar haqida ogohlantirdi

Foto: Imago Images

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani sabab Janubiy Koreya hukumati mamlakatga kirish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar uchun yangi qoidalarni joriy qildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.

Yangi talablarga ko‘ra, 20 yanvardan boshlab Koreya Respublikasiga borayotgan yo‘lovchilar (6 yoshdan boshlab) parvozdan kamida 48 soat oldin Covid-19’ga qarshi PZR usulda topshirilgan testning manfiy natijasini taqdim etishi kerak. Test natijalari ingliz va koreys tillariga tarjima qilinishi kerak.

Bundan avvalroq, Uzbekistan Airways AQShga kirishda qo‘shimcha talablar qo‘yilgani sabab fuqarolarni ogohlantirgandi. Unga ko‘ra, yo‘lovchilardan parvozdan kamida 24 soat oldin topshirilgan manfiy javobli PZR testi talab qilinadi. Shuningdek, yo‘lovchilar maxsus attestatsiya varaqasini to‘ldirishi va ro‘yxatdan o‘tish paytida uni bosma shaklda taqdim etishi shart hisoblanadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top