08:44 / 19.01.2022
17406

Toshkentda emlanmagan xodimlarni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilmoqda

Toshkent shahrida emlanmagan xodimlarni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Bir kunda 1000 dan ortiq odam ishdan chetlashtirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: AP

Qayd etilishicha, 17 yanvar kuni ishchi guruhlar tomonidan 305 ta tadbirkorlik sub’yekti va 203 ta budjet tashkilotida tekshiruvlar o‘tkazildi. Natijada tadbirkorlik sub’yektlarining 359 nafar, budjet tashkilotlarining 885 nafar xodimi vaksina olmagani aniqlandi.

Vaksina olmagan 1 ming 44 nafar xodim vaqtinchalik ishdan chetlatildi, 200 nafariga jarimalar qo‘llanildi, 1 ta obektning ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.

Milliy gvardiya tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 65 ta bozor, 31 ta istirohat bog‘i va xiyobonlar, 46 ta ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obektlar, 22 ta stadion va sport majmualari, 6 ta yirik savdo markazi va 131 ta jome masjidida fuqarolarga karantin qoidalariga rioya qilish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga PZR-testini 24 soat davomida bepul topshirish mumkinligi to‘g‘risida xabar bergandi.

Top