17:24 / 20.01.2022
5062

O‘zbekistonda 5 yoshdan katta bolalarni ham koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston sharoitida 5 va 11 yoshli aholi qatlamini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha alohida ko‘rsatma tayyorlandi. Bu haqda Koronavirusga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, emlash jarayonlari to‘g‘risida bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

«Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining yangi shtammi keng tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro va respublika darajasidagi ekspertlar tavsiyalari hamda aholi murojaatlarini inobatga oli6, COVID-19ga qarshi 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni Pfizer vaksinasi bilan (ota-onalar yoki vasiylarning roziligi bilan) ixtiyoriylik asosida emlashga ruxsat berildi. 

Pfizer vaksinasi bilan 12 yosh va undan katta bo‘lgan aholini emlash uchun 0,3 ml emlash dozalari ishlatilgan bo‘lsa, 5 - 11 yoshdagi bolalarni emlash uchun 0,1 ml doza qo‘llanadi.

Emlangan bolalar haqidagi ma’lumotlar emlash.uz dasturiga kiritib boriladi», deyiladi SSV xabarida.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top