16:05 / 24.01.2022
16065

Pentagon Baydenga Sharqiy Yevropaga 50 minggacha qo‘shin jo‘natishni taklif qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi bo‘yicha xavotirlar fonida Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropadagi mamlakatlarga minglab amerikalik askarlar, shuningdek, kemalar va samolyotlar joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Foto: Reuters

The New York Times gazetasi o‘z manbasiga asoslanib yozishicha, ushbu qadam shu vaqtga qadar Ukrainaga nisbatan ehtiyotkorlik pozitsiyasini egallagan Amerika uchun «burilish nuqtasi»ga aylanadi. O‘tgan haftada Rossiya va AQSh delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar kutilgan natijani bermagach, prezident ma’muriyati bunday strategiyadan voz kechishga qaror qilgan.

22 yanvar kuni AQSh mudofaa vazirligi vakillari Baydenga Rossiya chegaralari yaqiniga harbiylar joylashtirish bo‘yicha bir necha variantni taqdim etgan.

Bu variantlar Ular ming nafardan 5 ming nafargacha harbiy xizmatchini vaziyat yomonlashsa, ular sonini «o‘n barobargacha oshirish» imkoniyati bilan Sharqiy Yevropa davlatlariga yuborishni o‘z ichiga oladi. Hozircha variantlarning hech biri qo‘shinlarni Ukrainaga joylashtirishni nazarda tutmaydi.

Jo Bayden Yevropaga qo‘shin yuborish bo‘yicha qarorni shu hafta ichida qabul qilishi kutilmoqda.

  • 2021 yil kuzidan buyon Rossiya Ukraina bilan chegaraga 100 ming atrofida askar joylashtirgan. G‘arb davlatlari Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligidan xavotirlanmoqda, rasmiy Moskva bunday rejasi yo‘qligini aytib keladi. RF hukumati harbiylarning ko‘chirilishini mashg‘ulotlar bilan izohlaydi va hech kimga hujum qilmoqchi emasligini ta’kidlaydi. AQShdagilar Rossiya Ukraina chegarasini kesib o‘tish uchun «bahona qidirayotgani»dan ogohlantirgan.
  • 17 yanvar kuni The New York Times gazetasi, 2022 yil boshida Rossiya Ukrainadan o‘z diplomatik xodimlarining oila a’zolarini olib chiqib ketgani haqida yozdi. Bir necha kun o‘tib, 23 yanvar kuni AQSh Davlat departamenti Kiyevdagi Amerika elchixonasi xodimlariga Rossiya bosqini xavfi tufayli Ukrainani tark etishga tayyor turish bo‘yicha ko‘rsatma bergani ma’lum qilindi.
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top