11:31 / 17.02.2022
8723

Toshkent viloyatida elektr tarmoqlari korxonasi xodimi pora bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi metan gaz shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulash uchun 2 000 AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi B.K. o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, shahar hududida yangi qurilayotgan metan gaz shoxobchasini 13-dahadagi 6 kVtlik “Fider” qozonxonasi orqali elektr tarmog‘iga ulash hamda texnik shart berish evaziga 2 000 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top