14:29 / 28.02.2022
33348

Gruziya nima uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmaganiga izoh berdi

Qayd etilishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilish Gruziyaning qishloq xo‘jaligi va turizm sohalariga katta ziyon yetkazadi.

Foto: RIA Novosti

Gruziya G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shiladigan bo‘lsa, bu mamlakatning milliy manfaatlariga ziyon yetkazadi. Bu haqda Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili aytdi.

Avvalroq Garibashvili mamlakat Rossiyaga qarshi moliyaviy va iqtisodiy sanksiyalarga qo‘shilmasligini bildirgandi.

"Sanksiyalar haqida gap ketarkan, minglab vino ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar, fermerlar bu jarayonga aloqador. Mendan nimani talab qilishyapti? O‘z xalqimga qarshi sanksiya kiritishnimi? Shuning uchun ortiqcha hissiyotlar hech narsa bermaydi, bu bizning milliy manfaatlarimizga ziyon yetkazadi", - dedi u.

Garibashvilining so‘zlariga ko‘ra, 2008 yilgi nizodan keyin Gruziyaning o‘sha paytdagi prezidenti Mixail Saakashvili va uning hukumati Rossiya bilan savdo munosabatlarini tiklash hamda Rossiya bozoriga kirish yo‘llarini qidirgan. Urushdan so‘ng Saakashvili deyarli barcha strategik obektlarni Rossiya kompaniyalariga sotgan.

"Oqilona, milliy va vatanparvarlarcha siyosatimiz tufayli barchasiga: YeI bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv, vizasiz rejim va Rossiya bozori ochilishiga erishdik", - dedi Garibashvili.

Uning qayd etishicha, 2013-2021 yillar davomida Gruziyadan Rossiyaga qiymati 2 milliard dollarga teng qishloq xo‘jalik mahsulotlari, 3 milliard dollarlik boshqa mahsulotlar eksport qilingan. Garibashvilining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat turizm ortidan oxirgi besh yilda 3 milliard dollar daromad topgan – Rossiyadan Gruziyaga 5 milliondan ortiq turist kelgan.

Gruziya bosh vazirining qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada 1 million nafarga yaqin gruzinlar yashaydi, ular mamlakatga yiliga 500 million dollar jo‘natishadi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top