00:10 / 01.03.2022
11547

NATO Ukraina ustida parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etishni rejalashtirmayapti – Stoltenberg

Stoltenbergning ta’kidlashicha, nizo Yevropada keng ko‘lamli urushga aylanib ketishining oldini olish NATOning zimmasida.

Foto: Global Look Press

NATO Ukraina ustida parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etmoqchi emas. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg NBC News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Bizning Ukrainaga kirish niyatimiz yo‘q – na yerdan, na havodan", - dedi u.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi "shafqatsiz nizo" olib bormoqda.

Uning ta’kidlashicha, bu nizo Yevropada keng ko‘lamli urushga aylanib ketishining oldini olish NATOning zimmasida.

Parvoz qilish taqiqlangan hudud NATO o‘z kuchlarini Rossiya Ukrainaga havo orqali hujum qila olmaydigan tarzda joylashtirishini anglatadi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top