08:30 / 01.03.2022
29655

Yevropa ittifoqi Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalar kiritdi 

Yangi sanksiyalar paketi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, rossiyalik tadbirkorlar, kompaniyalar rahbarlari va teleboshlovchilarga nisbatan cheklovlarni o‘z ichiga oladi.

Foto: RBK

Yevropa ittifoqi Ukrainadagi harbiy operatsiya munosabati bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi, deb xabar bermoqda YeI rasmiy jurnali.

Cheklov choralari quyidagilarni qamrab oladi:

mansabdor shaxslar, siyosatchilar, senatorlar:

  • prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov;
  • bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko;
  • qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Irek Fayzullin;
  • transport vaziri Vitaliy Savelev;
  • Federatsiya kengashi birinchi vitse-spikeri Andrey Turchak;
  • yozuvchi Zaxar Prilepin;

tadbirkorlar:

  • Aleksey Mordashov;
  • Mixail Fridman;
  • Alisher Usmonov;
  • Petr Aven;
  • violonchelchi Sergey Roldugin;
  • Sheremetevo direktorlar kengashi raisi Aleksandr Ponomarenko;
  • Gennadiy Timchenko;

kompaniya rahbarlari:

  • “Rosneft” rahbari Igor Sechin;
  • “Transneft” rahbari Nikolay Tokarev;
  • “Promsvyazbank” rahbari Petr Fradkov;

OAV va yetakchi davlat kanallari xodimlari:

  • Tigran Keosayan;
  • Anton Krasovskiy;
  • Arkadiy Mamontov;
  • Olga Skabeyeva;
  • Modest Kolerov;
  • Roman Babayan;

harbiylar:

  • Qora dengiz floti shtab boshlig‘i Sergey Pinchuk;
  • Janubiy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari Aleksey Avdeyev;
  • Janubiy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari, Rossiya Qahramoni Rustam Murodov;
  • Janubiy harbiy okrug 8-gvardiya umumqo‘shin armiyasi qo‘mondoni Andrey Sichevoy. 

Avvalroq, Alisher Usmonov Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostida qolishi mumkin ekani xabar berilgandi.

24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining murojaatiga javoban Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi. 

Bunga javoban g‘arb davlatlari ham shaxsiy, ham sohalarga tegishli sanksiyalarni kiritdi. Sanksiyalar Rossiyaning davlat qarzi va bank sektoriga nisbatan ham taalluqli.

Top