19:20 / 03.03.2022
11462

Londondagi vatandoshlar ligasi: “Urpolvon United” g‘olib bo‘ldi (foto)

Foto: Uzbek.life

Avvalroq Buyuk Britaniyadagi o‘zbek vatandoshlarning “Sahiy” jamoatchilik tashkiloti “Sahiy Football League” uchrashuvini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. 

Uzbek.life’ga ma’lum qilishlaricha, musobaqada o‘zbek vatandoshlaridan tarkib topgan jami 8 ta jamoa o‘zaro bellashdi. O‘yinlar 2 ta futbol maydonida 8 ta jamoalar hamda 2 ta hakamlar ishtirokida, 7:7 shaklda o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, ushbu uchrashuv Buyuk Britaniyada yashovchi hamyurtlarimiz o‘rtasidagi birinchi yirik sport musobaqasi sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, o‘zbek jamiyatining birdamligini mustahkamlash yo‘lidagi katta qadam bo‘ldi. 

O‘yinlar shiddatli, qiziqarli hamda bellashuvlarga boy o‘tdi. Xususan, o‘yinlarda “Galacticos” jamoasi 3 o‘rin, “Legend” jamoasi 2 o‘ringa sazovor chiqdi.

“Urpolvon United” jamoasi esa, mutlaq g‘olib sifatida maxsus kubikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, “Galacticos” jamoasi vakili Umid Akromov musobaqa davomida faol va eng ko‘p gol urgan (umumiy hisobda 4 ta) ishtirokchi sifatida taqdirlandi.

Quyida jamoalar suratlarini ko‘rishingiz mumkin.

“Legends” jamoasi
“Galacticos” jamoasi
“FC Diyor” jamoasi
“Jaydari Gens” jamoasi
“Masters” jamoasi
“United Uzbeks” jamoasi
“FC Ansar” jamoasi
“Galacticos” jamoasi vakili Umid Akromov 
“Urpolvon United” g‘olib bo‘lgan jamoa

Mavzuga oid
Top