09:46 / 04.03.2022
28800

O‘zbekistonliklar bir kunda banklardan 60 million rubl sotib oldi

O‘zbekistonliklar joriy yilning 3 mart kuni banklardan 60 milliondan ortiq rubl sotib oldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, aholi banklarga 5,4 million rubl sotgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 mart kuni o‘zbekistonliklar 26,3 million dollar sotib olib, banklarga 27,9 million dollar sotgan.

Yevro bo‘yicha yuqoridagi ko‘rsatkich mos ravishda 118 ming va 68 mingni tashkil qildi. 

Avvalroq, O‘zbekistonda rubl kursi bo‘yicha tavsiyaviy koridor belgilangandi.

O‘zbekistonda banklarga rubl ayirboshlashni to‘xtatib qo‘ymaslik, sotib olish va sotish kursi o‘rtasidagi farqni “maqbul darajada” saqlab turish “tavsiya etildi”. Iqtisodchilar bu qarorni “rubldagi barcha risklarni so‘mga yuklash” deb ta’riflab, O‘zbekistonga “vagonlarda rubl kirib, vagonlab dollar chiqib ketishi”dan ogohlantirdi.

Mavzuga oid
Top