20:43 / 05.03.2022
16577

London britaniyaliklarni Rossiyani tark etishga chaqirdi

Shuningdek, Buyuk Britaniya fuqarolariga Rossiyaga bormaslik tavsiya etildi.

Foto: Valeriy Sharifulin/TASS

Buyuk Britaniya hukumati qirollik fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqiradi, deb xabar berdi The Guardian.

"Agar Rossiyada bo‘lib turishingiz sababli bo‘lmasa, uni tijorat marshrutlari bilan tark etishingizni maslahat beramiz", - deya Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotidan iqtibos keltirdi nashr.

Shuningdek, bayonotda Rossiyaga bormaslik tavsiya etilgan. Bunga Buyuk Britaniyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reysda qaytishning imkoni yo‘qligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Avvalroq Yevropa mamlakatlari Rossiya uchun havo kengliklarini yopgandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top