O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 7 mart, dushanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.
Bir qator banklarda dollar olish 10 850 - 10 880 so‘mdan, sotish 10 960 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu navbatdagi maksimal ko‘rsatkich.
So‘nggi marta banklarda dollar kursi 4 mart, juma kuni jiddiy ko‘tarilgandi. O‘shanda 1 AQSh dollarining sotish kursi 10 955 so‘mni tashkil qildi.
4 mart kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari bugundan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, bir dollar 10 910 so‘m 43 tiyinni tashkil qildi.